Insonlar ko'pincha "doubt" so'zi
imlosini ahmoqona deb o'ylashadi.
Undagi "b" harfi sababli.
U talaffuz qilinmas ekan,
ko'pchilik uni nega kerak ekanligini
tushuna olishmaydi.
Maktabda o'rganganlarimizga qaramay,
ingliz tili imlosida tovush unchalik ham
ahamiyatga ega emas.
So'zning ma'nosi va uning tarixi birinchi
navbatda ahamiyatlidir.
"To doubt" so'zi "shubhalanmoq",
"ikkilanmoq",
"tortinmoq" deganidir.
Ot so'z turkumi sifatida u noaniqlik,
adashish degan ma'nolarga ega.
Zamonaviy ingliz tilidagi "doubt" so'zi
lotincha "dubitare" so'zidan kelib
chiqqan.
U boshida lotinchadan fransuz tiliga
o'tgan.
Shunda u "b" tovushini va harfini
yo'qotgan.
Keyinchalik XIII asrda bu so'z ingliz
tiliga kirib kelgan.
Yuz yillarcha vaqt o'tib,
lotin tilini ham biladigan ingliz tilidagi
yozuvchilar
so'zga "b" harfini qo'shishni boshlashdi.
Hatto uni hech kim shunday talaffuz
qilmasa ham.
Nega bunday qilishgan?
Nima uchun bu so'zga
"gapirmaydigan" harf qo'shishgan?
Chunki ular lotin tilini bilishgan.
Ular "doubt" so'zining ildizida "b"
harfi borligini bilishgan.
Vaqt o'tib lotin tilini biladigan insonlar
kamayganida ham
"b" saqlab qolingan, chunki u muhim
rol o'ynagan.
Qarindosh so'zlar bilan bog'liqlikni
saqlab turgan.
Bular "dubious" va "indubitalbly" kabi
so'zlar bo'lib,
ular ham lotin tilidagi "dubitare"
so'zidan
kelib chiqqan va ingliz tiliga kiritilgan.
Bu tarixiy bog'liqliklarni tushunish
bizga nafaqat "doubt"ni talaffuz qilishni,
balki bu murakkab so'zlarning ma'nosini
anglashga yordam berdi.
Tarix bu bilan tugamaydi.
Yanada chuqurroq qarasak,
"b"ning qanchalar o'rinli ekanligini
ko'rishimiz mumkin.
Ingliz tilida «d-o-u-b» harflari bilan
boshlanadigan
atigi ikkita tayanch so'z bor:
bittasi — "doubt",
ikkinchisi — "double".
Bu so'zlar orqali biz ko'plab so'zlar
yaratishimiz mumkin:
"doubtful",
"doubtless",
yoki "doublet",
"redouble",
"doubloon" kabi.
Aslida agar biz ularning tarixiga qarasak,
bu ikkala so'z ham lotinchada
bir xil o'zakdan kelib chiqqan.
"Double" so'zining ma'nosi,
ikki,
"doubt" so'zining tubida yotadi.
Biz shubhalanganimizda,
ikkilanganimizda,
biz o'zimizga bashorat qilamiz.
Bizda nimadandir shubha bo'lsa,
bizda savollar ko'p bo'lganida yoki
adashganimizda
biz qat'iyatsiz bo'lamiz.
Tarixan,
ingliz tili fransuz tilidan
so'zlar kirita boshlaganida,
shubha degan so'z allaqachon
mavjud bo'lgan.
U eski inglizcha so'z "tweogan" edi.
Yozilishidan ko'rinib turganidek, bu so'z
"two" bilan bog'liq.
Keyingi safar nega ingliz tili
imlosi bunday ishlashi haqida o'ylanib
qolganingizda,
ikki marta qarang.
Ikkinchi marta ko'rganingiz sizga to'g'ri
xulosa qilishingiz uchun yordam beradi.