1 00:00:15,555 --> 00:00:18,688 Insonlar ko'pincha "doubt" so'zi imlosini ahmoqona deb o'ylashadi. 2 00:00:18,688 --> 00:00:20,607 Undagi "b" harfi sababli. 3 00:00:20,607 --> 00:00:22,234 U talaffuz qilinmas ekan, 4 00:00:22,234 --> 00:00:25,440 ko'pchilik uni nega kerak ekanligini tushuna olishmaydi. 5 00:00:25,440 --> 00:00:27,780 Maktabda o'rganganlarimizga qaramay, 6 00:00:27,780 --> 00:00:30,268 ingliz tili imlosida tovush unchalik ham 7 00:00:30,268 --> 00:00:32,414 ahamiyatga ega emas. 8 00:00:32,414 --> 00:00:35,695 So'zning ma'nosi va uning tarixi birinchi navbatda ahamiyatlidir. 9 00:00:35,695 --> 00:00:37,729 "To doubt" so'zi "shubhalanmoq", 10 00:00:37,729 --> 00:00:38,739 "ikkilanmoq", 11 00:00:38,739 --> 00:00:40,202 "tortinmoq" deganidir. 12 00:00:40,202 --> 00:00:43,780 Ot so'z turkumi sifatida u noaniqlik, adashish degan ma'nolarga ega. 13 00:00:43,780 --> 00:00:46,146 Zamonaviy ingliz tilidagi "doubt" so'zi 14 00:00:46,146 --> 00:00:49,786 lotincha "dubitare" so'zidan kelib chiqqan. 15 00:00:49,786 --> 00:00:52,211 U boshida lotinchadan fransuz tiliga o'tgan. 16 00:00:52,211 --> 00:00:56,471 Shunda u "b" tovushini va harfini yo'qotgan. 17 00:00:56,471 --> 00:00:59,421 Keyinchalik XIII asrda bu so'z ingliz tiliga kirib kelgan. 18 00:00:59,421 --> 00:01:01,347 Yuz yillarcha vaqt o'tib, 19 00:01:01,347 --> 00:01:05,459 lotin tilini ham biladigan ingliz tilidagi yozuvchilar 20 00:01:05,459 --> 00:01:09,466 so'zga "b" harfini qo'shishni boshlashdi. 21 00:01:09,466 --> 00:01:12,501 Hatto uni hech kim shunday talaffuz qilmasa ham. 22 00:01:12,501 --> 00:01:14,186 Nega bunday qilishgan? 23 00:01:14,186 --> 00:01:16,080 Nima uchun bu so'zga 24 00:01:16,080 --> 00:01:19,151 "gapirmaydigan" harf qo'shishgan? 25 00:01:19,151 --> 00:01:21,178 Chunki ular lotin tilini bilishgan. 26 00:01:21,178 --> 00:01:26,532 Ular "doubt" so'zining ildizida "b" harfi borligini bilishgan. 27 00:01:26,532 --> 00:01:30,189 Vaqt o'tib lotin tilini biladigan insonlar kamayganida ham 28 00:01:30,189 --> 00:01:32,756 "b" saqlab qolingan, chunki u muhim rol o'ynagan. 29 00:01:32,756 --> 00:01:35,339 Qarindosh so'zlar bilan bog'liqlikni saqlab turgan. 30 00:01:35,339 --> 00:01:38,158 Bular "dubious" va "indubitalbly" kabi so'zlar bo'lib, 31 00:01:38,158 --> 00:01:40,372 ular ham lotin tilidagi "dubitare" so'zidan 32 00:01:40,372 --> 00:01:43,802 kelib chiqqan va ingliz tiliga kiritilgan. 33 00:01:43,802 --> 00:01:46,098 Bu tarixiy bog'liqliklarni tushunish 34 00:01:46,098 --> 00:01:48,399 bizga nafaqat "doubt"ni talaffuz qilishni, 35 00:01:48,399 --> 00:01:50,403 balki bu murakkab so'zlarning ma'nosini 36 00:01:50,403 --> 00:01:53,068 anglashga yordam berdi. 37 00:01:53,068 --> 00:01:55,197 Tarix bu bilan tugamaydi. 38 00:01:55,197 --> 00:01:56,431 Yanada chuqurroq qarasak, 39 00:01:56,431 --> 00:01:59,462 "b"ning qanchalar o'rinli ekanligini 40 00:01:59,462 --> 00:02:02,782 ko'rishimiz mumkin. 41 00:02:02,782 --> 00:02:05,508 Ingliz tilida «d-o-u-b» harflari bilan boshlanadigan 42 00:02:05,508 --> 00:02:08,796 atigi ikkita tayanch so'z bor: 43 00:02:08,796 --> 00:02:10,574 bittasi — "doubt", 44 00:02:10,574 --> 00:02:12,528 ikkinchisi — "double". 45 00:02:12,528 --> 00:02:14,372 Bu so'zlar orqali biz ko'plab so'zlar 46 00:02:14,372 --> 00:02:16,020 yaratishimiz mumkin: 47 00:02:16,020 --> 00:02:16,990 "doubtful", 48 00:02:16,990 --> 00:02:18,344 "doubtless", 49 00:02:18,344 --> 00:02:19,513 yoki "doublet", 50 00:02:19,513 --> 00:02:20,564 "redouble", 51 00:02:20,564 --> 00:02:22,066 "doubloon" kabi. 52 00:02:22,066 --> 00:02:24,508 Aslida agar biz ularning tarixiga qarasak, 53 00:02:24,508 --> 00:02:26,807 bu ikkala so'z ham lotinchada 54 00:02:26,807 --> 00:02:29,287 bir xil o'zakdan kelib chiqqan. 55 00:02:29,287 --> 00:02:31,260 "Double" so'zining ma'nosi, 56 00:02:31,260 --> 00:02:32,133 ikki, 57 00:02:32,133 --> 00:02:35,778 "doubt" so'zining tubida yotadi. 58 00:02:35,778 --> 00:02:37,319 Biz shubhalanganimizda, 59 00:02:37,319 --> 00:02:38,831 ikkilanganimizda, 60 00:02:38,831 --> 00:02:41,497 biz o'zimizga bashorat qilamiz. 61 00:02:41,497 --> 00:02:43,675 Bizda nimadandir shubha bo'lsa, 62 00:02:43,675 --> 00:02:46,129 bizda savollar ko'p bo'lganida yoki adashganimizda 63 00:02:46,129 --> 00:02:48,876 biz qat'iyatsiz bo'lamiz. 64 00:02:48,876 --> 00:02:51,544 Tarixan, ingliz tili fransuz tilidan 65 00:02:51,544 --> 00:02:53,234 so'zlar kirita boshlaganida, 66 00:02:53,234 --> 00:02:55,506 shubha degan so'z allaqachon mavjud bo'lgan. 67 00:02:55,506 --> 00:02:59,152 U eski inglizcha so'z "tweogan" edi. 68 00:02:59,152 --> 00:03:01,585 Yozilishidan ko'rinib turganidek, bu so'z 69 00:03:01,585 --> 00:03:05,288 "two" bilan bog'liq. 70 00:03:05,288 --> 00:03:06,758 Keyingi safar nega ingliz tili 71 00:03:06,758 --> 00:03:09,457 imlosi bunday ishlashi haqida o'ylanib qolganingizda, 72 00:03:09,457 --> 00:03:11,412 ikki marta qarang. 73 00:03:11,412 --> 00:03:16,170 Ikkinchi marta ko'rganingiz sizga to'g'ri xulosa qilishingiz uchun yordam beradi.