1 00:00:07,064 --> 00:00:09,094 Uvadasi chiqqan kiyimdagi Estragon ismli 2 00:00:09,094 --> 00:00:12,924 odam g'ira-shirada daraxt yonida o'tirib, etiklarini yechishga urinardi. 3 00:00:12,924 --> 00:00:14,804 Tez orada do'sti Vladimir uning 4 00:00:14,804 --> 00:00:17,104 oldiga kelib, o'zi bilan o'zi ovora og'aynisiga 5 00:00:17,104 --> 00:00:20,564 Godo ismli allakimni kutishlari kerakligini eslatadi. 6 00:00:20,564 --> 00:00:23,964 Shundan so'ng zerikarli voqealar ketma-ketligi boshlanib, qahramonlar 7 00:00:23,964 --> 00:00:26,484 Godo qachon keladi, nega uni kutyapmiz, aslida to'g'ri 8 00:00:26,484 --> 00:00:29,794 daraxt ostida kutyapmizmikin degan savollar atrofida tortishadilar. 9 00:00:29,794 --> 00:00:32,994 Zamonaviy dramaturgiya qiyofasini o'zgartirib yuborgan 10 00:00:32,994 --> 00:00:35,504 asar hisoblanuvchi «Godoni kutish» syujeti 11 00:00:35,504 --> 00:00:37,634 shundan boshlab tobora g'alati tus oladi. 12 00:00:37,634 --> 00:00:41,963 1949-1955-yillar oralig'ida Samuel Bekket tomonidan yozilgan asar 13 00:00:41,963 --> 00:00:45,623 oddiy, ammo hayotiy dolzarb savolni o'rtaga tashlaydi: 14 00:00:45,623 --> 00:00:49,873 qahramonlar nima qilishlari kerak? 15 00:00:49,873 --> 00:00:52,963 Estragon: Hech nima qilmay tura qolaylik. Shunisi xavfsizroq. 16 00:00:52,963 --> 00:00:56,663 Vladimir: Kel, kutib turamiz. Ko'raylikchi, nima derkin. 17 00:00:56,663 --> 00:00:57,993 Estragon: Kim? 18 00:00:57,993 --> 00:00:59,663 Vladimir: Godo. 19 00:00:59,663 --> 00:01:01,693 Estragon: Yaxshi fikr. 20 00:01:01,693 --> 00:01:04,223 Bunday chunarsiz dialoglar va takroriy muhokamalar 21 00:01:04,223 --> 00:01:07,163 Ikkinchi Jahon Urushidan keyin yuzaga kelgan 22 00:01:07,163 --> 00:01:10,413 va tartibsizlik ichra hayotiy maslagini topishni 23 00:01:10,413 --> 00:01:12,263 o'zining adabiy maqsadiga aylantirgan 24 00:01:12,263 --> 00:01:15,183 absurd teatrining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. 25 00:01:15,183 --> 00:01:19,343 Absurd teatri vakillari syujet, obrazlar va tilni bir-biridan ayiradilar, 26 00:01:19,343 --> 00:01:21,853 bu bilan har birining alohida ma'nosini topmoqchi 27 00:01:21,853 --> 00:01:25,633 va sahnada ulardagi bor noaniqlikni namoyish etmoqchi bo'ladilar. 28 00:01:25,633 --> 00:01:27,613 Bu qayg'uli eshitilishi mumkin, 29 00:01:27,613 --> 00:01:30,793 ammo absurd dramada chorasizlik kulgi ostiga olinadi. 30 00:01:30,793 --> 00:01:33,373 Aynan mana shu janr Bekket "ikki aktdan 31 00:01:33,373 --> 00:01:35,493 iborat tragikomediya" deb tasniflagan 32 00:01:35,493 --> 00:01:39,633 «Godoni kutish» asarida o'z aksini topgan. 33 00:01:39,633 --> 00:01:42,083 Fojia shundaki, qahramonlar ekzistensializmning 34 00:01:42,083 --> 00:01:45,203 boshi berk ko'chasiga kirib qoladilar: ular yashashdan 35 00:01:45,203 --> 00:01:47,963 maqsadni ko'rsatishi kerak bo'lgan noma'lum shaxsni behuda 36 00:01:47,963 --> 00:01:49,863 kutadilar, ammo kutish jarayonining 37 00:01:49,863 --> 00:01:52,583 o'zi ular hayotining yagona mohiyatiga aylanadi. 38 00:01:52,583 --> 00:01:55,263 Xaloskorlarini uzoq kutar ekanlar, qahramonlar g'ussaga 39 00:01:55,263 --> 00:02:00,253 beriladilar, diniy qo'rquvga tushadilar va o'z jonlariga qasd qilish haqida 40 00:02:00,253 --> 00:02:03,683 o'ylaydilar. Shunga qaramay, drama o'ziga xos yumorga ega, obrazlarning 41 00:02:03,683 --> 00:02:06,513 kulgili holati ularning nutqi va xatti-harakatlarida 42 00:02:06,513 --> 00:02:09,733 aks etadi. Dialoglar antiqa so'z o'yinlari, qaytariqlar 43 00:02:09,733 --> 00:02:11,613 va qochirimlarga to'la, harakatlanish 44 00:02:11,613 --> 00:02:14,723 chog'ida esa ular masxarabozlik qiladi, qo'shiq aytib, 45 00:02:14,725 --> 00:02:17,325 raqsga tushadi va hovliqib shlyapalarini almashadi. 46 00:02:17,325 --> 00:02:19,955 Bunday vaziyatda tomoshabinlar kulishni ham, yig'lashni 47 00:02:19,955 --> 00:02:22,835 ham bilmay qoladi. Bekket bu ikki hissiyot o'rtasida 48 00:02:22,835 --> 00:02:25,855 biron bir farqni ko'rganmikin deb o'ylab qolasiz. 49 00:02:25,855 --> 00:02:27,915 Bekket Dublinda tug'ilib o'sdi, 50 00:02:27,915 --> 00:02:30,895 ingliz, fransuz va italyan tillarini o'rgandi. Parijga ko'chib 51 00:02:30,895 --> 00:02:33,605 kelib, umrining katta qismini shu yerda o'tkazdi, o'zini 52 00:02:33,605 --> 00:02:35,705 dramaturgiya, nazm va nasrga bag'ishladi. 53 00:02:35,705 --> 00:02:38,575 Tilga bo'lgan kuchli muhabbatiga qaramay, 54 00:02:38,575 --> 00:02:42,575 Bekket ijodiga tanaffus kiritib, 55 00:02:42,575 --> 00:02:46,575 sukunatda vaqt o'tkazish uchun doim joy topa olgan. 56 00:02:46,575 --> 00:02:50,265 Absurd teatri tufayli mashhur bo'lgan 57 00:02:50,265 --> 00:02:53,155 notekis bayon qilish usuli hamda qora yumor 58 00:02:53,155 --> 00:02:56,405 ijodidagi o'ziga xoslik hisoblanadi. 59 00:02:56,405 --> 00:02:58,885 U, shuningdek, sirli shaxs obrazini yaratdi 60 00:02:58,885 --> 00:03:02,235 va o'z asarlari ma'nosi haqidagi har qanday taxminlarga 61 00:03:02,235 --> 00:03:04,585 munosabat bildirishdan bosh tortdi. 62 00:03:04,585 --> 00:03:06,175 Bu esa tomoshabinlarni ko'proq 63 00:03:06,175 --> 00:03:09,395 o'ylanishga undadi, yozuvchining xayoliy olami 64 00:03:09,395 --> 00:03:12,427 va sirli personajlariga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. 65 00:03:12,427 --> 00:03:15,287 Hech qanday aniq ma'noning yo'qligi dramaning 66 00:03:15,287 --> 00:03:17,547 cheksiz talqinlarini yaratishga imkon berdi. 67 00:03:17,547 --> 00:03:20,767 Tanqidchilar asarni turlicha tahlil qilishdi, 68 00:03:20,767 --> 00:03:24,387 natijada kosa ostidagi nimkosa nima ekani haqida 69 00:03:24,387 --> 00:03:27,627 noaniqliklar va taxminlar paydo bo'ldi. 70 00:03:27,627 --> 00:03:30,727 Uni Sovuq Urush, fashistlarga qarshi Fransiya qarshilik harakati 71 00:03:30,727 --> 00:03:33,217 va Britaniya Irlandiyani mustamlakaga aylantirishi 72 00:03:33,217 --> 00:03:36,227 masalalariga kinoya sifatida qabul qilishdi. 73 00:03:36,227 --> 00:03:38,317 Ikki qahramonning o'zaro ta'siri ham 74 00:03:38,317 --> 00:03:40,467 qizg'in bahslarga sabab bo'ldi. 75 00:03:40,467 --> 00:03:43,307 Ularni oxir zamondan omon qolganlar, qariyotgan 76 00:03:43,307 --> 00:03:45,817 sheriklar, ikki irodasiz do'stlar va hatto 77 00:03:45,817 --> 00:03:51,537 Freyd aytgan psixikaning «Men» va «U» shakllari timsoli sifatida qabul qilishdi. 78 00:03:51,537 --> 00:03:53,707 Bekketning o'zi esa Vladimir va Estragonning 79 00:03:53,707 --> 00:03:56,707 "yarimdumaloq qattiq shlyapa kiyganiga" 80 00:03:56,707 --> 00:03:59,667 ishonchi komilligini aytgan xolos. 81 00:03:59,667 --> 00:04:02,567 Tanqidchilar fikri va asabbuzar sujetga ko'ra, 82 00:04:02,567 --> 00:04:05,227 obrazlar nutqi ko'pincha bir nuqtada aylanaveradi. 83 00:04:05,235 --> 00:04:08,405 Ular o'zaro tortishadi, bir-birini masxaralaydi, 84 00:04:08,405 --> 00:04:11,285 kalavaning uchini yo'qotib, boshlagan gaplariga qaytadilar: 85 00:04:11,285 --> 00:04:14,335 Vladimir: Barchasini boshidan boshlashimiz kerak ko'rinadi. 86 00:04:14,335 --> 00:04:16,475 Estragon: Qiyin bo'lmasa kerak. 87 00:04:16,475 --> 00:04:19,395 Vladimir: Nimadan boshlashni bilmasang, qiyin. 88 00:04:19,395 --> 00:04:21,815 Estragon: Istagan narsangdan boshlashing mumkin. 89 00:04:21,815 --> 00:04:24,285 Vladimir: Ha, ammo sen qaror qilishing kerak. 90 00:04:24,285 --> 00:04:28,175 Bekket sahnadagi dunyo kundalik hayotimiz singari 91 00:04:28,175 --> 00:04:31,245 hamisha ham ma'no kasb etavermasligini eslatmoqchi bo'ladi. 92 00:04:31,245 --> 00:04:34,925 U haqiqat va xayolotni ham, tanish va notanishni ham 93 00:04:34,925 --> 00:04:37,025 o'zida mujassam etishi mumkin. 94 00:04:37,025 --> 00:04:40,555 Mantiqiy bayon mushohada uchun yoqimli bo'lsa-da, 95 00:04:40,555 --> 00:04:45,575 yaxshi drama bizni o'ylashga… va kutishga undaydi.