Ming yillar davomida,
Angliya xalqi bronzadan asboblar va
zargarlik buyumlari yasashda
hamda savdo-sotiq uchun
pul sifatida foydalangan.
Biroq, mill.avv 800-yillarda,
bu holat o'zgara boshladi:
bronzaning qiymati pasayib,
ijtimoiy tanglik va iqtisodiy inqiroz -
hozirda qo'llaniladigan retsessiyani
keltirib chiqardi.
Retsessiyaga nima sabab bo'ladi?
Bu savol uzoq vaqt davomida iqtisodchilar
o'rtasida qizg'in munozarali mavzu bo'lib
kelgan va bu zoya ketmagan.
Retsessiya bir mamlakat iqtisodiy
faoliyatida oylab davom etadigan
o'rtacha pasayish, uzoq
yillab davom etadigan global
ta'sirga ega inqiroz yoki ular
o'rtasidagi holatdir.
Vaziyatni yanada
murrakablashtirsak,
iqtisodiyotning sog'lig'iga ta'sir
qiladigan son-sanoqsiz omillar mavjud
bo'lib, bu aniq bir sababni
ko'rsatishni qiyinlashtiradi.
Shunday qilib, bu umumiy manzaradan
boshlashga yordam
beradi: retsessiya talab va
taklif o'rtasidagi muvozanat
buzilganda yuzaga keladi.
Bunda odamlar qancha mahsulot
sotib olishni xohlashi hamda
ishlab chiqaruvchilar qancha tovar va
xizmatlar taklif qila olishi
o'rtasida nomutanosiblik bo'ladi.
Iqtisodiyotning talab va
taklif o'rtasidagi o'zaro
bog'liqligi, uning inflatsiya va foiz
ko'rsatkichlariga tas'ir ko'rsatadi.
Inflatsiya tovarlar va xizmatlar
qimmatlashganda sodir bo'ladi.
Boshqacha qilib aytganda,
pul qadrsizlanadi.
Shunga qaramay, inflatsiya mutlaq
yomon narsa emas.
Aslida inflyatsiyaning past darajasi
iqtisodiy faollikni rag'batlantiradi.
Ammo yuqori talab bilan birga kelmaydigan
yuqori inflyatsiya
iqtisodiy muammolarga sabab bo'ladi va
natijada retsessiyaga olib keladi.
Shu bilan birga, foiz stavka
stavkalari shaxslar va kompaniyalar uchun
qarz olish xarajatlarini aks ettiradi.
Stavka, odatda, qarz oluvchilar kredit
qaytarilgunga qadar o'z
kreditorlariga to'laydigan qarzning
yillik foizidir. Past foiz stavkalari
shuni anglatadiki, kompaniyalar ko'proq
loyihalarni sarmoyalash uchun foydalanishi
mumkin bo'lgan ko'proq pul
qarzga olishlari mumkin.
Shu bilan birga, yuqori foiz stavkalari
ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar
uchun harajatlarni oshiradi, iqtisodiy
faoliyatni sekinlashtiradi. Inflyatsiya va
foiz stavkalaridagi
tebranishlar bizga iqtisodiyotning
holati to'g'risida
tushuncha berishi mumkin, ammo bu
tebranishlarning sababi nimada?
Eng aniq sabablar tabiiy ofat,
urush va geosiyosiy omillar
kabi kutilmagan vaziyatlardir.
Masalan,
zilzila neft kabi tovarlarni
ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan
infratuzilmani yo'q qilishi mumkin.
Bu iqtisodiyotning ta'minot tomonini neft-
dan foydalanadigan mahsulotlar uchun
ko'proq haq olishga majbur qiladi, talabni
susaytiradi va retsessiyani keltirib
chiqarishi mumkin. Ammo ba'zi
turg'unliklar iqtisodiy farovonlik davrida
hattoki, iqtisodiy farovonlik tufayli
ham ro'y beradi.
Ba'zi iqtisodchilarning fikriga ko'ra,
bozorning kengayishidan kelib chiqadigan
biznes faolligi ba'zida beqaror darajaga
ko'tarilishi mumkin.
Masalan, korporatsiyalar va iste'molchilar
iqtisodiy o'sish ularga qo'shimcha
yukdan qutulishga yordam beradi degan
tahmin bilan ko'proq qarz olishi mumkin.
Ammo, agar iqtisodiyot kutilgan darajada
tez rivojlanmasa,
ular qaytara oladigandan ko'proq
qarzga botishi mumkin.
Buni to'lash uchun, ular biznes
faoliyatini kamaytirgan holda,
mablag'larini boshqa faoliyatga
yo'naltirishadi.
Ruxiyat ham turg'unlikka hissa
qo'shishi mumkin.
Retsessiyadan cho'chish, o'zini-o'zi
amalga oshiruvchi bashoratga aylanadi,
agar bu odamlarni investitsiya va
xarajatlardan qaytishiga sabab bo'lsa.
Bunga javoban ishlab chiqaruvchilar
kutilayotgan talabning pasayishiga
bardosh berish uchun operatsion
xarajatlarni kamaytirishi mumkin.
Bu ayanchli siklga olib kelishi mumkin,
xarajatlar kamayishi natijasida ish haqi
pasayadi va bu talabni pasayishiga
olib keladi. Hatto turg'un-
-likni oldini olishga qaratilgan siyosat
ham o'z hissasini qo'shishi mumkin.
Vaqt qiyinlashsa, hukumatlar va markaziy
banklar pulni bosib chiqarishlari,
xarajatlarni ko'paytirishi va markaziy
bankning foiz stavkalarini pasaytirishi
mumkin. Kichik qarz beruvchi o'z
navbatida foiz stavkalarini pasaytirib,
xarajatni ko'paytirish uchun qarzni
"arzonroq" qilishadi.
Ammo bu siyosatlar samarali bo'lmaydi va
natijada yuqori inflyatsiyani oldini olish
uchun ularni o'zgartirish
zarur bo'lib qoladi.
Agar odamlar arzon qarz va hukumatni
rag'batlantirishga juda ishonib qolishsa,
bu tanazzulga olib kelishi mumkin.
Britaniyadagi bronza inqirozi, oxir-oqibat
temirning qabul qilinishi qehqonchilik va
oziq-ovqat ishlab chiqarishda
inqilobga yordam berganida yakunlandi.
Hozirda bozor yanada murakkab bo'lib,
bugungi
kundagi turg'unlikni nazorat qilishni
ancha qiyinlashtirmoqda. Ammo har bir
turg'unlik kelajakdagi turg'unliklarni
oldindan ko'rish, ularga yanada samarali
javob berishga yordam beradigan
yangi ma'lumotlar taqdim etadi.