Inson nima uchun sevadi? Falsafiy tadqiqot
-
0:07 - 0:09Eh, romantik muhabbat,
-
0:09 - 0:11ba'zan maftunkor va sarmast qiluvchi,
-
0:11 - 0:13ba'zan yurakni parchalovchi va jafokash,
-
0:13 - 0:15ko'pincha esa hammasi birda.
Nima uchun -
0:15 - 0:19biz hissiyotlarimizni siqib, suvidan
sharbat qilishlariga qo'yib beramiz? -
0:19 - 0:21Sevgi hayotimizga mazmun kiritadimi
-
0:21 - 0:24yoki yolg'izlik va azob-uqubatlardan
qochmoqchi bo'lamizmi? -
0:24 - 0:27Sevgi ortida jinsiy xohish-istagimiz
-
0:27 - 0:30yashiringanmi yoki bu nasl qoldirishimiz
uchun tabiat o'ylab topgan nayrangmi? -
0:30 - 0:32Bizga faqat shu kerakmi?
-
0:32 - 0:35Umuman uning keragi bormikin?
-
0:35 - 0:36Agar muhabbatdan biror maqsad bo'lsa,
-
0:36 - 0:40na biror olim, na biror psixolog
buni kashf eta olgan emas. -
0:40 - 0:41Ammo uzoq tarixiy davr
mobaynida -
0:41 - 0:47ayrim taniqli faylasuflarimiz ba'zi
qiziqarli nazariyalarni ilgari surdi. -
0:47 - 0:50Sevgi bizni qayta bir butun qiladi.
-
0:50 - 0:52Qadimgi yunon faylasufi Aflotunning
-
0:52 - 0:56fikricha, biz bir butun bo'lish
uchun sevamiz. -
0:56 - 0:58Uning "Bazm" asarida tasvirlanishicha,
-
0:58 - 1:01kechki ziyofat chog'ida
komediyanavis Aristofan -
1:01 - 1:04mehmonlarining vaqtini chog' qilish uchun
quyidagi afsonani aytib -
1:04 - 1:11beradi: bir vaqtlar odamlar to'rt qo'l,
to'rt oyoq va ikki yuzli mavjudot edilar. -
1:11 - 1:13Bir kuni ular
xudolarning g'azabini keltirdi -
1:13 - 1:16va Zevs ularning barchasini
ikkiga ayirib tashladi. Shundan beri -
1:16 - 1:21inson o'zining ikkinchi yarmini qidiradi.
Sevgi - birgalikda o'zimizni yana bir -
1:21 - 1:26butundek his etishimizda kerak bo'lgan
insonni topish istagidir, har qalay, -
1:26 - 1:32Aflotun mast komediyanavis bazmda
shunday deyishi mumkinligiga ishongan. -
1:32 - 1:35Sevgi sabab bolalar dunyoga keladi.
-
1:35 - 1:38Ko'p yillar o'tgach,
nemis faylasufi Artur Shopengauer -
1:38 - 1:41jinsiy istakka asoslangan sevgi
-
1:41 - 1:44hissiy xom xayol ekanini ta'kidlagan.
Unga ko'ra, -
1:44 - 1:47xohishlarimiz bizni birov baxtli
qilishiga ishonishga undagani bois -
1:47 - 1:52sevib qolamiz, ammo biz qattiq
yanglishamiz. Tabiat naslimizni -
1:52 - 1:54davom ettirish uchun mug'ambirlik qiladi
-
1:54 - 1:59va biz izlaydigan ishqiy qovishuv
farzand ko’rish bilan yakun topadi. -
1:59 - 2:01Jinsiy ehtiyojlarimiz qondirilgach,
-
2:01 - 2:04yana uqubatli hayot tarzimizga qaytamiz,
odamzot naslini -
2:04 - 2:07saqlab qolish va zerikarli
turmush davomiyligini -
2:07 - 2:11abadiylashtirishgina qo'limizdan keladi.
Naqadar g'amgin o'ylar, -
2:11 - 2:14kimnidir quchoqlab olging keladi-ya.
-
2:14 - 2:17Sevgi – yolg'izlikdan qochish.
Nobel mukofoti sovrindori -
2:17 - 2:20britaniyalik faylasuf
Bertrand Rassellning so'zlariga ko'ra, -
2:20 - 2:25biz jismoniy va ruhiy istaklarimizni
qondirish uchun yaxshi ko'ramiz. -
2:25 - 2:27Odamlar ko'payish uchun yaratilgan,
-
2:27 - 2:30ammo ehtirosli muhabbat zavqisiz
-
2:30 - 2:32ishqiy munosabatdan qoniqib bo'lmaydi.
-
2:32 - 2:36Sovuq va shafqatsiz dunyodan qo'rqib,
himoyalanish va yashirinish uchun -
2:36 - 2:39qattiq qobiqqa o'ralib olamiz.
-
2:39 - 2:45Sevgi beradigan quvonch, yaqinlik va
iliqlik dunyo qarshisidagi qo'rquvimizni -
2:45 - 2:46yengishga, yolg'izlik qobig'idan
-
2:46 - 2:49xalos bo'lishga va to'laqonli hayot
kechirishga yordam beradi. -
2:49 - 2:54Sevgi butun borlig'imizni boyitadi va
dunyodagi eng yoqimli hissiyotga aylanadi. -
2:54 - 2:57Sevgi aldamchi azobdir.
Budda yoxud Nurlangan -
2:57 - 2:58nomi bilan tanilgan
-
2:58 - 3:00Siddxarta Gautama Rassel bilan
munozaraga kirishganida, -
3:00 - 3:04ehtimol, qiziqarli dalillar
keltirgan bo'lardi. -
3:04 - 3:09Budda asosiy ehtiyojlarimizni qondirish
uchun yaxshi ko'ramiz, deb hisoblagan. -
3:09 - 3:13Ammo ehtirosli xohish-istaklarimiz
nuqsonlar bo'lib, yaqinlik tuyg'usi, -
3:13 - 3:17hatto romantik muhabbat ham
cheksiz iztiroblar manbaidir. -
3:17 - 3:20Yaxshiyamki, Budda Nirvana – tinchlik,
ravshanlik, donolik -
3:20 - 3:23va rahm-shafqatdan iborat oliy saodatga
eltuvchi sakkiz bosqichli yo'l, -
3:23 - 3:26boshqacha qilib aytganda,
-
3:26 - 3:31xohish-istaklar olovini so'ndirish
uchun dasturi amal topdi. -
3:31 - 3:34Yozuvchi Tsao Syuetsin Xitoyning
eng mashhur klassik romanlaridan biri -
3:34 - 3:39"Qizil ko'shkdagi tush" asarida
buddistlarning romantik -
3:39 - 3:42sevgi – bema'nilikdir, degan
qarashini ochib beradi. -
3:42 - 3:45Sujet voqealaridan birida Tzya Rui
uni aldab, -
3:45 - 3:48xo'rlab ketuvchi Sifengga oshiq bo'ladi.
-
3:48 - 3:51Muhabbat va nafratga to'la qarama-qarshi
hislar uning qalbini parchalaydi, -
3:51 - 3:55shu bois daos unga sehrli ko'zgu beradi.
Agar Tzya Rui -
3:55 - 3:58unga qaramasa, dardiga davo
topishini aytadi. -
3:58 - 4:00Ammo u, o'z-o'zidan ravshanki,
ko'zguga boqadi. -
4:00 - 4:02Unda Sifengni ko'radi.
-
4:02 - 4:04Uning ruhi ko'zguga kiradi
-
4:04 - 4:09va oshiq o’lgunicha zanjirband etiladi.
Hamma buddistlar -
4:09 - 4:12ham romantik va oshiqona sevgi
haqida bunday fikrda bo'lmagan, -
4:12 - 4:14ammo qissadan hissa shuki,
-
4:14 - 4:17bunday his-tuyg'ular fojiaga olib keladi
-
4:17 - 4:21va inson sehrli ko'zgu bilan bir qatorda
sevgidan ham o'zini chetga olishi kerak. -
4:21 - 4:24Sevgi o'zligimizni to'laligicha
namoyon etishga imkon beradi. -
4:24 - 4:27Keling, biroz ko'tarinki ruhda
so'zimizga yakun yasaymiz. -
4:27 - 4:29Fransuz faylasufi
Simona de Bovuarning -
4:29 - 4:33fikricha, sevgi - bu boshqa bir inson
bilan bir butun bo'lish istagi -
4:33 - 4:36va u hayotimizga mazmun olib kiradi.
-
4:36 - 4:39Ammo u biz nega sevishimiz
haqida emas, balki qanday qilib -
4:39 - 4:42yaxshiroq sevishimiz mumkinligi
haqida ko'proq bosh qotirgan. -
4:42 - 4:46Bovuarning aytishicha, an'anaviy
romantik muhabbatdagi muammo -
4:46 - 4:48shundaki, u bizni o'ziga
qattiq maftun -
4:48 - 4:51etgani bois biz uni tiriklikning yagona
sababchisiga aylantirmoqchi bo'lamiz. -
4:51 - 4:55Ammo mavjudligimizning mohiyati deb
birovga qaram bo'lish -
4:55 - 4:59tez orada zerikish va manipulyatsiyaga
olib keladi. Bunday tuzoqqan -
4:59 - 5:03tushmaslik uchun Bovuar chinakam
do'stlikni eslatuvchi haqiqiy muhabbatni -
5:03 - 5:05tarbiyalashni maslahat beradi.
Sevishganlar -
5:05 - 5:08o'zlarini kashf etishda, imkoniyatlari
doirasini kengaytirishda -
5:08 - 5:10bir-birlarini qo'llab-quvvatlaydilar,
-
5:10 - 5:13hayotlarini va atrof-borliqni birgalikda
boyitadilar. Sevib qolishimiz -
5:13 - 5:17sababini hech qachon bilmasligimiz
mumkin, ammo bu hissiyotlar -
5:17 - 5:21uchun o'ziga xos «Amerika tepaligi»
attraksioni bo'lishiga ishonavering. -
5:21 - 5:22U qo'rquv ham,
shodlik ham ulashadi. -
5:22 - 5:23Ko'ngilga ozor beradi
-
5:23 - 5:25va uchishga qanot bag'ishlaydi.
-
5:25 - 5:27Ehtimol, o'zligimizni
yo'qotarmiz -
5:27 - 5:28Ehtimol, toparmiz.
-
5:28 - 5:30U qalbimizni parchalashi yoki
-
5:30 - 5:33hayotdagi eng yoqimli tuyg'u
bo'lishi mumkin. -
5:33 - 5:35Balki uni sinab ko'rishga jur'at etarsiz?
- Title:
- Inson nima uchun sevadi? Falsafiy tadqiqot
- Speaker:
- Skay S. Kliri
- Description:
-
Eh, romantik muhabbat, ba'zan maftunkor va sarmast qiluvchi, ba'zan yurakni parchalovchi va jafokash... ko'pincha esa hammasi birda! Agar muhabbatdan biror maqsad bo'lsa, na biror olim, na biror psixolog buni kashf eta olgan emas. Ammo uzoq tarixiy davr mobaynida ayrim taniqli faylasuflarimiz ba'zi qiziqarli nazariyalarni ilgari surdi. Skay S. Kliri mazkur falsafiy qarashlarning beshtasiga to'xtalib o'tadi. [Rejissyor Avi Ofer, Eddison Anderson hikoya qiladi, Bruks Boll hamda Jim Misirlioglu musiqasi].
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 05:45
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why do we love? A philosophical inquiry |