< Return to Video

Nima uchun Charlz Dikkensni o’qish kerak? - Izeult Gallespi

  • 0:08 - 0:12
    Och qolgan yetim xo’jaynidan yana
    suyuq bo'tqa berishni so'raydi.
  • 0:12 - 0:16
    Qari qiz butun hayotini uvadasi chiqqan
    to'y libosida o'tkazadi.
  • 0:16 - 0:20
    Toshyurak xasis O'tgan Rojdestvo
    Ruhidan xalos bo'lishga harakat qiladi.
  • 0:20 - 0:23
    Yozuvchi vafotiga yuz yildan
    oshgan bo'lsa-da,
  • 0:23 - 0:27
    Charlz Dikkens qahramonlari
    hali ham juda mashhur.
  • 0:27 - 0:32
    Dikkens ijodi shu qadar o’ziga xoski,
    bejizga “dikkenscha uslub” atamasi
  • 0:32 - 0:37
    paydo bo'lmagan. Ammo muallif
    uslubining o'ziga xosligi nimada?
  • 0:37 - 0:40
    Dikkens nasri oldindan sezish,
    qayg’uli sahnalar, voqea-
  • 0:40 - 0:44
    larning kutilmaganda burilish yasashi va
    jumboqli vaziyatlar bilan ajralib turadi.
  • 0:44 - 0:47
    Bu xususiyatlarning barchasi
    kitobxonlar e'tiborini tortadi.
  • 0:47 - 0:50
    Uning dastlabki hikoyalari arzon
    adabiy jurnallarda
  • 0:50 - 0:56
    bobma-bob chop etilgan,
    keyinchalik esa
  • 0:56 - 0:59
    alohida kitob shaklida nashr etilgan.
  • 0:59 - 1:02
    Odamlar u asar qanday
    yakun topishini oldindan bilib,
  • 1:02 - 1:04
    voqealar rivojini yozgan
    deb gumon qilishgan.
  • 1:04 - 1:08
    Hikoyalarni bo'lib-bo'lib chop etish
    kitobxonlar doirasini kengaytirgan,
  • 1:08 - 1:10
    ularning asarga bo'lgan
  • 1:10 - 1:13
    qiziqishini oshirgan va muallif haqidagi
    shov-shuvlarni avj oldirgan.
  • 1:13 - 1:17
    Dikkens zukkoligi bilan
    ayniqsa mashhur bo'lib,
  • 1:17 - 1:21
    g'ayritabiiy qahramonlar
    va kulgili sahnalar yaratadi.
  • 1:21 - 1:25
    Dikkens asar personajlari orqali inson
    xulq-atvorining bema'niligini hajv qilib,
  • 1:25 - 1:29
    ko'pincha qahramonlar ismlarida ularning
    fe'l-atvori hamda ijtimoiy mavqeini
  • 1:29 - 1:32
    aks ettiradi.
    Masalan, xo'rlangan Bob Kretchit,
  • 1:32 - 1:34
    xushomadgo'y Uray Xip,
  • 1:34 - 1:38
    xushchaqchaq Septimus Krisparkl.
  • 1:38 - 1:42
    Bu o'ziga xos qahramonlar
    yozuvchi davri aks etgan
  • 1:42 - 1:45
    murakkab ijtimoiy muhitga
    ro'baro' qilinadi. Masalan,
  • 1:45 - 1:46
    muallif sanoat inqilobi natijasida
  • 1:46 - 1:49
    odamlar turmushida yuz bergan
    o'zgarishlar haqida ko'p yozadi.
  • 1:49 - 1:51
    Bu davrda
  • 1:51 - 1:55
    quyi tabaqa vakillari
    og'ir sharoitlarda kun ko'radi.
  • 1:55 - 1:59
    Bolaligida otasi qarzdorlar
    qamoqxonasiga yuborilgach,
  • 1:59 - 2:02
    etikmoy ishlab chiqaruvchi fabrikada
    ishlashga majbur bo'lgan
  • 2:02 - 2:05
    Dikkensning o'zi bu sinovlarni
    boshidan o'tkazadi.
  • 2:05 - 2:10
    Buning ta'sirida "Jajji Dorrit" asaridagi
    Marshalsi qamoqxonasi yaratiladi.
  • 2:10 - 2:14
    Roman bosh qahramoni jazoga hukm
    etilgan otasiga g'amxo'rlik qiladi.
  • 2:14 - 2:18
    Qamoqxona, yetimxona va xarobalar
    roman uchun chiroyli manzara
  • 2:18 - 2:20
    bo'lmasligi mumkin, ammo Dikkens
  • 2:20 - 2:24
    ular orqali jamiyatdagi soyada qolgan
    kishilar hayotini yoritib beradi.
  • 2:24 - 2:25
    "Nikolas Niklbi" romanida
  • 2:25 - 2:29
    Nikolas maktab egasi
    Vakford Skvirsnikiga ishga kiradi.
  • 2:29 - 2:33
    Tez orada u Skvirsning fribgarligini
    tushunib yetadi.
  • 2:33 - 2:37
    U kambag'al bolalarni
    ota-onalaridan sotib olib,
  • 2:37 - 2:40
    maktabda ularni zo'ravonlik va
    yo'qsillikka mahkum etadi.
  • 2:40 - 2:44
    "Oliver Tvist" ham davlat qaramog'idagi
    bolalarning og'ir ahvolini hikoya qiladi.
  • 2:44 - 2:46
    Romanda shafqatsiz
    sharoitlarda ishlashga
  • 2:46 - 2:50
    majbur Oliver janob Bamblga ovqat
    berishini so'rab yolvoradi.
  • 2:50 - 2:55
    Londonga qochib kelgach, u jinoyat
    olamiga tushib qoladi. Bu asarlarda
  • 2:55 - 2:58
    Qirolicha Viktoriya davrining
    ko'rimsiz, axloqiy tanazzulga
  • 2:58 - 3:00
    yuz tutgan, shafqatsiz
    muhiti tasvirlanadi.
  • 3:00 - 3:04
    Dikkens bu davrda ko'plab qadimiy
    urf-odatlar yo'qola
  • 3:04 - 3:06
    boshlaganiga guvoh bo'ladi.
  • 3:06 - 3:09
    London sanoat, tijorat va
    ijtimoiy hayotdagi
  • 3:09 - 3:13
    o'zgarishlar tufayli zamonaviy dunyo
    inkubatoriga aylanadi.
  • 3:13 - 3:16
    Dikkens Londonni
    ikki yoqlama tasavvur etadi.
  • 3:16 - 3:21
    U berahm, ammo mo'jiza va imkoniyatlarga
    to'la shahar sifatida namoyon bo’ladi.
  • 3:21 - 3:24
    Masalan, "Katta umidlar"
    romani sujet chizig'ining
  • 3:24 - 3:27
    murakkabligi shundaki,
    noma'lum shaxs Pip ismli
  • 3:27 - 3:30
    yetim bolaga vasiylik qilib, uni
    jamiyatning yuqori qatlamiga olib kiradi,
  • 3:30 - 3:33
    uning qarshisida yangi
    imkoniyatlar eshigini ochadi.
  • 3:33 - 3:34
    Hayotdan maqsad izlagan Pip
  • 3:34 - 3:38
    o'zgalarning xohish-istaklari
    qurboniga aylanadi va
  • 3:38 - 3:41
    shubhali kishilar bilan
    aloqa qilishiga to'g'ri keladi.
  • 3:41 - 3:43
    Dikkensning ko'plab
    qahramonlari singari
  • 3:43 - 3:47
    bechora Pip ham taqdir o'yinlariga
    ro'baro' keladi.
  • 3:47 - 3:49
    Shu bois Dikkensni o'qish
  • 3:49 - 3:51
    kitobxon uchun maroqli,
  • 3:51 - 3:55
    ammo uning qahramonlari
    uchun og'ir sinovdir.
  • 3:55 - 3:59
    Dikkens odatda romanlari oxirida
    jumboq yechimini keltiradi,
  • 3:59 - 4:02
    ammo "Edvin Drud siri" bundan istisno.
  • 4:02 - 4:07
    Roman Edvinning sirli ravishda g'oyib
    bo'lishi to'g'risida hikoya qiladi.
  • 4:07 - 4:10
    Dikkens asarni yakunlamay vafot etadi,
  • 4:10 - 4:14
    jumboqqa yechim bo'luvchi
    asar qoralamasi ham topilmaydi.
  • 4:14 - 4:19
    O'quvchilar Dikkens kimni qotil
    qilmoqchi bo'lgan, Edvin Drud chindan
  • 4:19 - 4:24
    o'ldirilganmi degan savollar ustida
    bahslashishda davom etmoqda.
  • 4:24 - 4:25
    Dikkensning jonli tili va
  • 4:25 - 4:26
    keng dunyoqarashi
  • 4:26 - 4:28
    ko'plab filmlar, bag'ishlovlar va
  • 4:28 - 4:31
    romanlari sahifalarida
  • 4:31 - 4:33
    yashab kelmoqda.
  • 4:33 - 4:35
    Bugungi kunda dikkenscha uslub
  • 4:35 - 4:39
    og'ir turmush sharoitlari tasviriga
    nisbat qilib beriladi, ammo
  • 4:39 - 4:43
    asarni dikkenscha roman deb baholash
    yozuvchilar uchun ulkan maqtovdir.
  • 4:43 - 4:47
    Bu asarda haqiqiy
    sarguzasht va topilmalar
  • 4:47 - 4:50
    kutilmagan joylarda
    ro'y berishini anglatadi.
  • 4:50 - 4:53
    Garchi asarlarining aksariyati
    juda qayg'uli bo'lsa-da,
  • 4:53 - 4:58
    Dikkensning zukkoligi hatto eng qorong'i
    burchaklarda ham yorug'lik ko'ra oladi.
Title:
Nima uchun Charlz Dikkensni o’qish kerak? - Izeult Gallespi
Speaker:
Iseult Gillespie
Description:

To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-charles-dickens-iseult-gillespie

Och qolgan yetim xo’jaynidan yana suyuq bo'tqa berishni so'raydi. Qari qiz butun hayotini eskirgan to'y libosida o'tkazadi. Toshyurak xasis O'tgan Rojdestvo Ruhidan xalos bo'lishga harakat qiladi. Yozuvchi vafotiga yuz yildan oshgan bo'lsa-da, Charlz Dikkens qahramonlari hali ham juda mashhur. Ammo muallif ijodining o'ziga xosligi nimada? Izeult Gallespi ushbu savolga javob izlaydi.

Izeult Gallespi ma'ruzasi, Compote Collective filmi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:17
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens?
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens?
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens?
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens?
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens?

Uzbek subtitles

Revisions