Nima uchun Charlz Dikkensni o’qish kerak? - Izeult Gallespi
-
0:08 - 0:12Och qolgan yetim xo’jaynidan yana
suyuq bo'tqa berishni so'raydi. -
0:12 - 0:16Qari qiz butun hayotini uvadasi chiqqan
to'y libosida o'tkazadi. -
0:16 - 0:20Toshyurak xasis O'tgan Rojdestvo
Ruhidan xalos bo'lishga harakat qiladi. -
0:20 - 0:23Yozuvchi vafotiga yuz yildan
oshgan bo'lsa-da, -
0:23 - 0:27Charlz Dikkens qahramonlari
hali ham juda mashhur. -
0:27 - 0:32Dikkens ijodi shu qadar o’ziga xoski,
bejizga “dikkenscha uslub” atamasi -
0:32 - 0:37paydo bo'lmagan. Ammo muallif
uslubining o'ziga xosligi nimada? -
0:37 - 0:40Dikkens nasri oldindan sezish,
qayg’uli sahnalar, voqea- -
0:40 - 0:44larning kutilmaganda burilish yasashi va
jumboqli vaziyatlar bilan ajralib turadi. -
0:44 - 0:47Bu xususiyatlarning barchasi
kitobxonlar e'tiborini tortadi. -
0:47 - 0:50Uning dastlabki hikoyalari arzon
adabiy jurnallarda -
0:50 - 0:56bobma-bob chop etilgan,
keyinchalik esa -
0:56 - 0:59alohida kitob shaklida nashr etilgan.
-
0:59 - 1:02Odamlar u asar qanday
yakun topishini oldindan bilib, -
1:02 - 1:04voqealar rivojini yozgan
deb gumon qilishgan. -
1:04 - 1:08Hikoyalarni bo'lib-bo'lib chop etish
kitobxonlar doirasini kengaytirgan, -
1:08 - 1:10ularning asarga bo'lgan
-
1:10 - 1:13qiziqishini oshirgan va muallif haqidagi
shov-shuvlarni avj oldirgan. -
1:13 - 1:17Dikkens zukkoligi bilan
ayniqsa mashhur bo'lib, -
1:17 - 1:21g'ayritabiiy qahramonlar
va kulgili sahnalar yaratadi. -
1:21 - 1:25Dikkens asar personajlari orqali inson
xulq-atvorining bema'niligini hajv qilib, -
1:25 - 1:29ko'pincha qahramonlar ismlarida ularning
fe'l-atvori hamda ijtimoiy mavqeini -
1:29 - 1:32aks ettiradi.
Masalan, xo'rlangan Bob Kretchit, -
1:32 - 1:34xushomadgo'y Uray Xip,
-
1:34 - 1:38xushchaqchaq Septimus Krisparkl.
-
1:38 - 1:42Bu o'ziga xos qahramonlar
yozuvchi davri aks etgan -
1:42 - 1:45murakkab ijtimoiy muhitga
ro'baro' qilinadi. Masalan, -
1:45 - 1:46muallif sanoat inqilobi natijasida
-
1:46 - 1:49odamlar turmushida yuz bergan
o'zgarishlar haqida ko'p yozadi. -
1:49 - 1:51Bu davrda
-
1:51 - 1:55quyi tabaqa vakillari
og'ir sharoitlarda kun ko'radi. -
1:55 - 1:59Bolaligida otasi qarzdorlar
qamoqxonasiga yuborilgach, -
1:59 - 2:02etikmoy ishlab chiqaruvchi fabrikada
ishlashga majbur bo'lgan -
2:02 - 2:05Dikkensning o'zi bu sinovlarni
boshidan o'tkazadi. -
2:05 - 2:10Buning ta'sirida "Jajji Dorrit" asaridagi
Marshalsi qamoqxonasi yaratiladi. -
2:10 - 2:14Roman bosh qahramoni jazoga hukm
etilgan otasiga g'amxo'rlik qiladi. -
2:14 - 2:18Qamoqxona, yetimxona va xarobalar
roman uchun chiroyli manzara -
2:18 - 2:20bo'lmasligi mumkin, ammo Dikkens
-
2:20 - 2:24ular orqali jamiyatdagi soyada qolgan
kishilar hayotini yoritib beradi. -
2:24 - 2:25"Nikolas Niklbi" romanida
-
2:25 - 2:29Nikolas maktab egasi
Vakford Skvirsnikiga ishga kiradi. -
2:29 - 2:33Tez orada u Skvirsning fribgarligini
tushunib yetadi. -
2:33 - 2:37U kambag'al bolalarni
ota-onalaridan sotib olib, -
2:37 - 2:40maktabda ularni zo'ravonlik va
yo'qsillikka mahkum etadi. -
2:40 - 2:44"Oliver Tvist" ham davlat qaramog'idagi
bolalarning og'ir ahvolini hikoya qiladi. -
2:44 - 2:46Romanda shafqatsiz
sharoitlarda ishlashga -
2:46 - 2:50majbur Oliver janob Bamblga ovqat
berishini so'rab yolvoradi. -
2:50 - 2:55Londonga qochib kelgach, u jinoyat
olamiga tushib qoladi. Bu asarlarda -
2:55 - 2:58Qirolicha Viktoriya davrining
ko'rimsiz, axloqiy tanazzulga -
2:58 - 3:00yuz tutgan, shafqatsiz
muhiti tasvirlanadi. -
3:00 - 3:04Dikkens bu davrda ko'plab qadimiy
urf-odatlar yo'qola -
3:04 - 3:06boshlaganiga guvoh bo'ladi.
-
3:06 - 3:09London sanoat, tijorat va
ijtimoiy hayotdagi -
3:09 - 3:13o'zgarishlar tufayli zamonaviy dunyo
inkubatoriga aylanadi. -
3:13 - 3:16Dikkens Londonni
ikki yoqlama tasavvur etadi. -
3:16 - 3:21U berahm, ammo mo'jiza va imkoniyatlarga
to'la shahar sifatida namoyon bo’ladi. -
3:21 - 3:24Masalan, "Katta umidlar"
romani sujet chizig'ining -
3:24 - 3:27murakkabligi shundaki,
noma'lum shaxs Pip ismli -
3:27 - 3:30yetim bolaga vasiylik qilib, uni
jamiyatning yuqori qatlamiga olib kiradi, -
3:30 - 3:33uning qarshisida yangi
imkoniyatlar eshigini ochadi. -
3:33 - 3:34Hayotdan maqsad izlagan Pip
-
3:34 - 3:38o'zgalarning xohish-istaklari
qurboniga aylanadi va -
3:38 - 3:41shubhali kishilar bilan
aloqa qilishiga to'g'ri keladi. -
3:41 - 3:43Dikkensning ko'plab
qahramonlari singari -
3:43 - 3:47bechora Pip ham taqdir o'yinlariga
ro'baro' keladi. -
3:47 - 3:49Shu bois Dikkensni o'qish
-
3:49 - 3:51kitobxon uchun maroqli,
-
3:51 - 3:55ammo uning qahramonlari
uchun og'ir sinovdir. -
3:55 - 3:59Dikkens odatda romanlari oxirida
jumboq yechimini keltiradi, -
3:59 - 4:02ammo "Edvin Drud siri" bundan istisno.
-
4:02 - 4:07Roman Edvinning sirli ravishda g'oyib
bo'lishi to'g'risida hikoya qiladi. -
4:07 - 4:10Dikkens asarni yakunlamay vafot etadi,
-
4:10 - 4:14jumboqqa yechim bo'luvchi
asar qoralamasi ham topilmaydi. -
4:14 - 4:19O'quvchilar Dikkens kimni qotil
qilmoqchi bo'lgan, Edvin Drud chindan -
4:19 - 4:24o'ldirilganmi degan savollar ustida
bahslashishda davom etmoqda. -
4:24 - 4:25Dikkensning jonli tili va
-
4:25 - 4:26keng dunyoqarashi
-
4:26 - 4:28ko'plab filmlar, bag'ishlovlar va
-
4:28 - 4:31romanlari sahifalarida
-
4:31 - 4:33yashab kelmoqda.
-
4:33 - 4:35Bugungi kunda dikkenscha uslub
-
4:35 - 4:39og'ir turmush sharoitlari tasviriga
nisbat qilib beriladi, ammo -
4:39 - 4:43asarni dikkenscha roman deb baholash
yozuvchilar uchun ulkan maqtovdir. -
4:43 - 4:47Bu asarda haqiqiy
sarguzasht va topilmalar -
4:47 - 4:50kutilmagan joylarda
ro'y berishini anglatadi. -
4:50 - 4:53Garchi asarlarining aksariyati
juda qayg'uli bo'lsa-da, -
4:53 - 4:58Dikkensning zukkoligi hatto eng qorong'i
burchaklarda ham yorug'lik ko'ra oladi.
- Title:
- Nima uchun Charlz Dikkensni o’qish kerak? - Izeult Gallespi
- Speaker:
- Iseult Gillespie
- Description:
-
To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-charles-dickens-iseult-gillespie
Och qolgan yetim xo’jaynidan yana suyuq bo'tqa berishni so'raydi. Qari qiz butun hayotini eskirgan to'y libosida o'tkazadi. Toshyurak xasis O'tgan Rojdestvo Ruhidan xalos bo'lishga harakat qiladi. Yozuvchi vafotiga yuz yildan oshgan bo'lsa-da, Charlz Dikkens qahramonlari hali ham juda mashhur. Ammo muallif ijodining o'ziga xosligi nimada? Izeult Gallespi ushbu savolga javob izlaydi.
Izeult Gallespi ma'ruzasi, Compote Collective filmi.
- Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 05:17
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens? | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens? | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read Charles Dickens? |