< Return to Video

Yangi so'zlar qayerdan paydo bo'ladi? — Marsel Danesi

  • 0:07 - 0:13
    Oksford ingliz tili lug'atida har yili
    1000 ta yangi so'z paydo bo'ladi.
  • 0:13 - 0:14
    Ular qanday paydo bo'ladi
  • 0:14 - 0:18
    va ular qanday qilib kundalik
    hayotimizga kirib keladi?
  • 0:18 - 0:22
    Hozirda ingliz tilida 170 000 dan
    ortiq so'z mavjud.
  • 0:22 - 0:26
    Shuni o'zi yetarlidek ko'rinadi.
  • 0:26 - 0:28
    Biroq dunyomiz doimiy o'zgarishda,
  • 0:28 - 0:30
    yangi g'oyalar va ixtirolar paydo
    bo'lmoqda,
  • 0:30 - 0:32
    ilm-fan rivojlanmoqda va oqibatda
  • 0:32 - 0:36
    tilimizda probellar paydo bo'ladi,
    ta'riflash uchun so'zlar topilmaydi.
  • 0:36 - 0:39
    Shunday ekan biz probellarni turli
    usullarda to'ldiramiz:
  • 0:39 - 0:40
    sinalgan,
  • 0:40 - 0:44
    noodatiy, va ba'zan murakkab yo'l bilan.
  • 0:44 - 0:48
    Masalan, so'z boshqa tildan kirib
    kelishi mumkin.
  • 0:48 - 0:51
    Ingliz tili o'z tarixi davomida
    shuncha so'zlarni kiritganki,
  • 0:51 - 0:57
    zamonaviy ingliz tilidagi so'zlarning
    yarmi boshqa tillardan kirib keldan.
  • 0:57 - 1:00
    Ba'zida bunga sabab, o'sha so'z
    bilan birgalikda
  • 1:00 - 1:02
    yangi bir tushuncha ham kirib kelishidir.
  • 1:02 - 1:06
    Qadimgi Rim va Fransiyadan Angliyaga
    qonunlar va din, va ular bilan
  • 1:06 - 1:09
    birga yangi so'zlar, masalan,
    altar [mehrob] va jury [hakamlar],
  • 1:09 - 1:12
    savdo yo'llari orqali yangicha taomlar,
  • 1:12 - 1:13
    masalan, arab qahvasi,
  • 1:13 - 1:14
    italyan spagaettisi,
    hind karrisi
  • 1:14 - 1:17
    kirib kelgan.
    Va shunday ham bo'ladiki, boshqa bir
  • 1:17 - 1:20
    tilda nimanidir tasvirlash,
    murakkab bir g'oya yoki hisni
  • 1:20 - 1:23
    tasvirlash uchun mukammal
    bir so'z mavjud bo'ladi. Masalan
  • 1:23 - 1:24
    naïveté - soddalik,
  • 1:24 - 1:25
    machismo [machizm]
  • 1:25 - 1:27
    yoki schadenfreude [ichiqoralik].
  • 1:27 - 1:31
    Olimlar yangi tushunchalar so'zlarni uchun
    qadimgi tillardan olishadi.
  • 1:31 - 1:36
    Masalan, "klon" so'zi qadimgi yunonlardagi
    "ko'chat" so'zidan olingan.
  • 1:36 - 1:41
    Chunki eski o'simlikning ko'chatidan xuddi
    klon qilgandek, yangi o'simlik
  • 1:41 - 1:45
    o'stirish mumkin.
    Bugungi kunda bu teskarisiga ishlaydi.
  • 1:45 - 1:50
    Chunki software kabi so'zlar ingliz
    tilidan dunyo bo'ylab har xil tillarga
  • 1:50 - 1:54
    tarqalmoqda. Probellarni to'ldirishning
    boshqa bir samarali usuli ham bor.
  • 1:54 - 1:59
    Yangi g'oyaning qismlarini anglatib
    keluvchi ikkita so'zni qo'shish yo'li.
  • 1:59 - 2:03
    Buning uchun ikkita oddiy so'zni bitta
    tarkibga birlashtirish mumkin. Masalan,
  • 2:03 - 2:05
    airport [aeroport]
  • 2:05 - 2:06
    yoki starfish [dengiz yulduzi].
  • 2:06 - 2:11
    So'zlarning qismlarini qo'shib ham so'z
    hosil qilish mumkin, 'spork' [vilkaqoshiq]
  • 2:11 - 2:12
    brunch [branch]
  • 2:12 - 2:14
    yoki "internet" so'zlariga o'xshab.
  • 2:14 - 2:16
    Boshqa tillardan olingan so'zlardan
    farqli o'laroq,
  • 2:16 - 2:21
    bunday so'zlarning ma'nosini
    tezda ilib olish mumkin.
  • 2:21 - 2:24
    Ba'zida yangi so'zlar aslida bu
    eskirgan va esdan chiqqan so'zlardir.
  • 2:24 - 2:28
    Iste'moldan chiqqan eski so'zlar o'zlari-
    ning yangi ma'nosi bilan birga qaytadan
  • 2:28 - 2:33
    kirib kelaveradi. Villain [yovuz] so'zi
    oddiy dehqon ma'nosini anglatgan, biroq
  • 2:33 - 2:38
    aristokratlarning oliftaligi bilan,
    ritsarlik sharafiga loyiq bo'lmagan, ya'ni
  • 2:38 - 2:41
    yomon insonni anglatadigan bo'ldi.
    Geek [sho'ng'ib ketgan inson]
  • 2:41 - 2:44
    deb aslida yarmarkalardagi
    masxarabozlarga aytishgan
  • 2:44 - 2:46
    Keyinchalik g'alati insonlarga, va
  • 2:46 - 2:50
    nihoyat hozirgi ma'nosi —
    g'alati daholarga aytishni boshlashgan.
  • 2:50 - 2:54
    Yana shunaqasi bo'ladiki, ba'zi so'zlar
    ma'nosi butunlay qarama-qarshi ma'noga
  • 2:54 - 2:55
    ko'chadi.
    Kinoya sabab,
  • 2:55 - 2:58
    yoki shu so'zni noto'g'ri qo'llash
    natijasida.
  • 2:58 - 3:04
    Masalan qandaydir maftunkor narsani 'sick'
    [kasal] yoki 'wicked' [yomon] deyishadi.
  • 3:04 - 3:07
    So'zlar shunchalar oson paydo bo'lar ekan,
  • 3:07 - 3:11
    lekin nega ba'zilari juda keng tarqaladi,
    ba'zilari esa vaqti bilan unutiladi?
  • 3:11 - 3:14
    Ba'zilarini esa umuman yashab
    qolmasligini aytmasak ham bo'ladi.
  • 3:14 - 3:16
    Ba'zida savollarga javoblar oddiy.
  • 3:16 - 3:20
    Masalan, olimlar va kompaniyalar
    yangi ixtiro yoki texnologiyalarga
  • 3:20 - 3:22
    yangi nom berishadi, rasmiy nom.
  • 3:22 - 3:28
    Ba'zi davlatlarda so'zlar masalasida bosh
    qotiradigan butun boshli akademiyalar bor.
  • 3:28 - 3:31
    Lekin ko'p holatlarda rasmiy manbalar,
    asosan lug'atlar
  • 3:31 - 3:34
    bu so'zlarning eskicha variantini
    namoyon qilishadi.
  • 3:34 - 3:39
    Yangi so'zlar yuqoridan emas, quyidan,
    ya'ni oddiy insonlardan kelib chiqadi.
  • 3:39 - 3:42
    Ular oson esda qoluvchi va
    foydali so'zlarni
  • 3:42 - 3:45
    maroq bilan talaffuz qilishadi va
    takrorlashadi.
  • 3:45 - 3:46
    Masalan, 'meme' so'zi.
    Bu so'z
  • 3:46 - 3:51
    sotsiobiolog Richard Dokinz tomonidan
    kiritilgan bo'lib, qadimgi yunon tilida
  • 3:51 - 3:55
    "taqlid qilmoq" degan ma'noni
    anglatuvchi so'zdan kelib chiqqan.
  • 3:55 - 3:59
    U bu so'z bilan g'oyalar va timsollarning
    qanday qilib madaniyatga chuqur
  • 3:59 - 4:02
    kirib borishini tasvirlagan.
    Xuddi gen populyatsiyasi singari.
  • 4:02 - 4:04
    Internet paydo bo'lishi bilan
  • 4:04 - 4:08
    hazillar va rasmlarning qanchalar
    keng tarqalishi va mashhur bo'lishi
  • 4:08 - 4:11
    mumkin ekanligi misolida buning
    guvohi bo'ldik.
  • 4:11 - 4:16
    Juda tez orada bunday rasmlar aniq bir
    tasvir turini anglatishni boshladi.
  • 4:16 - 4:20
    Shunday ekan "mem" so'zi nafaqat
    so'zlarning tilni bir qismiga aylanishini
  • 4:20 - 4:23
    anglatdi, balki uning o'zi ham
    memga aylandi.
  • 4:23 - 4:28
    Hattoki shunday so'zlar ham bor —
    o'zini ifodalab keluvchi so'zlar:
  • 4:28 - 4:30
    avtologik so'zlar.
  • 4:30 - 4:33
    Hamma so'zlar bir-biriga qarshi emas.
  • 4:33 - 4:35
    Ba'zilari ming yillab yashaydi,
  • 4:35 - 4:37
    ba'zilari vaqti bilan o'zgaradi,
  • 4:37 - 4:39
    ayrimlari hatto yo'q bo'lib ketadi.
  • 4:39 - 4:41
    Ba'zilari axborot beradi, ba'zilari
  • 4:41 - 4:43
    tarkibini ochib beradi, lekin
  • 4:43 - 4:45
    ularning qanday paydo bo'lishi va
  • 4:45 - 4:48
    nuqtimizning bir qismiga aylanish
    uchun qanday yo'lni bosib
  • 4:48 - 4:52
    o'tgani bizga dunyo haqida va unda qanday
    muloqot qilishimiz haqda ma'lumot beradi.
Title:
Yangi so'zlar qayerdan paydo bo'ladi? — Marsel Danesi
Description:

Shuningdek, Mysteries of Vernacular video qismlarini tomosha qiling:
https://ed.ted.com/mysteries-of-vernacular

Darsni to'liq tomosha qilish: https://ed.ted.com/lessons/where-do-new-words-come-from-marcel-danesi

Hozirda ingliz tilida 170 000 dan ortiq so'z mavjud, va shunga qaramay har yili Oksford lug'ati tahminan mingtacha so'zga boyib boraveradi. Bu so'zlar qayerdan paydo bo'ladi va qanday qilib ular kundalik hayotimizga kirib keladi? Marsel Danesi tilga yangi so'zlar qanday qilib kirib kelishi haqida gapirib beradi.

Marsel Danesi darsi, TOGETHER multiplikatsiyasi.

Barcha patronlarga yordam uchun rahmat! Sizlarsiz bu video mavjud bo'lmasdi.
Latora Slydell, Sydney Evans, Victor E Karhel, Bernardo Paulo, Eysteinn Guðnason, Matt Schoppen, Rubaiya Binte Hussain, Olivier Brunel, Andrea Feliz, Natalia Rico, Josh Engel, Bárbara Nazaré, Gustavo Mendoza, Zhexi Shan, Hugo Legorreta.

Patreon saytida TED-Ed sahifasiga tashrif buyuring:
https://www.patreon.com/teded

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:44

Uzbek subtitles

Revisions