Nima uchun "Godoni kutish" ni o'qish kerak? - Iseult Gallaspi
-
0:07 - 0:09Uvadasi chiqqan kiyimdagi
Estragon ismli -
0:09 - 0:13odam g'ira-shirada daraxt yonida o'tirib,
etiklarini yechishga urinardi. -
0:13 - 0:15Tez orada do'sti Vladimir uning
-
0:15 - 0:17oldiga kelib, o'zi bilan o'zi
ovora og'aynisiga -
0:17 - 0:21Godo ismli allakimni
kutishlari kerakligini eslatadi. -
0:21 - 0:24Shundan so'ng zerikarli voqealar
ketma-ketligi boshlanib, qahramonlar -
0:24 - 0:26Godo qachon keladi,
nega uni kutyapmiz, aslida to'g'ri -
0:26 - 0:30daraxt ostida kutyapmizmikin
degan savollar atrofida tortishadilar. -
0:30 - 0:33Zamonaviy dramaturgiya qiyofasini
o'zgartirib yuborgan -
0:33 - 0:36asar hisoblanuvchi «Godoni kutish» syujeti
-
0:36 - 0:38shundan boshlab tobora g'alati tus oladi.
-
0:38 - 0:421949-1955-yillar oralig'ida
Samuel Bekket tomonidan yozilgan asar -
0:42 - 0:46oddiy, ammo hayotiy dolzarb savolni
o'rtaga tashlaydi: -
0:46 - 0:50qahramonlar nima qilishlari kerak?
-
0:50 - 0:53Estragon: Hech nima qilmay tura qolaylik.
Shunisi xavfsizroq. -
0:53 - 0:57Vladimir: Kel, kutib turamiz.
Ko'raylikchi, nima derkin. -
0:57 - 0:58Estragon: Kim?
-
0:58 - 1:00Vladimir: Godo.
-
1:00 - 1:02Estragon: Yaxshi fikr.
-
1:02 - 1:04Bunday chunarsiz dialoglar
va takroriy muhokamalar -
1:04 - 1:07Ikkinchi Jahon Urushidan keyin
yuzaga kelgan -
1:07 - 1:10va tartibsizlik ichra
hayotiy maslagini topishni -
1:10 - 1:12o'zining adabiy maqsadiga aylantirgan
-
1:12 - 1:15absurd teatrining
asosiy xususiyatlari hisoblanadi. -
1:15 - 1:19Absurd teatri vakillari syujet, obrazlar
va tilni bir-biridan ayiradilar, -
1:19 - 1:22bu bilan har birining
alohida ma'nosini topmoqchi -
1:22 - 1:26va sahnada ulardagi bor noaniqlikni
namoyish etmoqchi bo'ladilar. -
1:26 - 1:28Bu qayg'uli eshitilishi mumkin,
-
1:28 - 1:31ammo absurd dramada
chorasizlik kulgi ostiga olinadi. -
1:31 - 1:33Aynan mana shu janr Bekket "ikki aktdan
-
1:33 - 1:35iborat tragikomediya" deb tasniflagan
-
1:35 - 1:40«Godoni kutish» asarida o'z aksini topgan.
-
1:40 - 1:42Fojia shundaki, qahramonlar
ekzistensializmning -
1:42 - 1:45boshi berk ko'chasiga
kirib qoladilar: ular yashashdan -
1:45 - 1:48maqsadni ko'rsatishi kerak
bo'lgan noma'lum shaxsni behuda -
1:48 - 1:50kutadilar, ammo kutish jarayonining
-
1:50 - 1:53o'zi ular hayotining yagona
mohiyatiga aylanadi. -
1:53 - 1:55Xaloskorlarini uzoq kutar ekanlar,
qahramonlar g'ussaga -
1:55 - 2:00beriladilar, diniy qo'rquvga tushadilar va
o'z jonlariga qasd qilish haqida -
2:00 - 2:04o'ylaydilar. Shunga qaramay, drama
o'ziga xos yumorga ega, obrazlarning -
2:04 - 2:07kulgili holati ularning nutqi
va xatti-harakatlarida -
2:07 - 2:10aks etadi. Dialoglar antiqa
so'z o'yinlari, qaytariqlar -
2:10 - 2:12va qochirimlarga to'la, harakatlanish
-
2:12 - 2:15chog'ida esa ular masxarabozlik qiladi,
qo'shiq aytib, -
2:15 - 2:17raqsga tushadi va
hovliqib shlyapalarini almashadi. -
2:17 - 2:20Bunday vaziyatda tomoshabinlar kulishni
ham, yig'lashni -
2:20 - 2:23ham bilmay qoladi.
Bekket bu ikki hissiyot o'rtasida -
2:23 - 2:26biron bir farqni ko'rganmikin
deb o'ylab qolasiz. -
2:26 - 2:28Bekket Dublinda tug'ilib o'sdi,
-
2:28 - 2:31ingliz, fransuz va italyan
tillarini o'rgandi. Parijga ko'chib -
2:31 - 2:34kelib, umrining katta qismini
shu yerda o'tkazdi, o'zini -
2:34 - 2:36dramaturgiya, nazm
va nasrga bag'ishladi. -
2:36 - 2:39Tilga bo'lgan kuchli muhabbatiga qaramay,
-
2:39 - 2:43Bekket ijodiga tanaffus kiritib,
-
2:43 - 2:47sukunatda vaqt o'tkazish uchun
doim joy topa olgan. -
2:47 - 2:50Absurd teatri tufayli mashhur bo'lgan
-
2:50 - 2:53notekis bayon qilish usuli
hamda qora yumor -
2:53 - 2:56ijodidagi o'ziga xoslik hisoblanadi.
-
2:56 - 2:59U, shuningdek,
sirli shaxs obrazini yaratdi -
2:59 - 3:02va o'z asarlari ma'nosi haqidagi
har qanday taxminlarga -
3:02 - 3:05munosabat bildirishdan bosh tortdi.
-
3:05 - 3:06Bu esa tomoshabinlarni ko'proq
-
3:06 - 3:09o'ylanishga undadi,
yozuvchining xayoliy olami -
3:09 - 3:12va sirli personajlariga bo'lgan
qiziqishlarini yanada oshirdi. -
3:12 - 3:15Hech qanday aniq ma'noning
yo'qligi dramaning -
3:15 - 3:18cheksiz talqinlarini
yaratishga imkon berdi. -
3:18 - 3:21Tanqidchilar asarni turlicha
tahlil qilishdi, -
3:21 - 3:24natijada kosa ostidagi nimkosa
nima ekani haqida -
3:24 - 3:28noaniqliklar va taxminlar paydo bo'ldi.
-
3:28 - 3:31Uni Sovuq Urush, fashistlarga qarshi
Fransiya qarshilik harakati -
3:31 - 3:33va Britaniya Irlandiyani mustamlakaga
aylantirishi -
3:33 - 3:36masalalariga kinoya sifatida
qabul qilishdi. -
3:36 - 3:38Ikki qahramonning o'zaro ta'siri ham
-
3:38 - 3:40qizg'in bahslarga sabab bo'ldi.
-
3:40 - 3:43Ularni oxir zamondan omon qolganlar,
qariyotgan -
3:43 - 3:46sheriklar, ikki irodasiz do'stlar va hatto
-
3:46 - 3:52Freyd aytgan psixikaning «Men» va «U»
shakllari timsoli sifatida qabul qilishdi. -
3:52 - 3:54Bekketning o'zi esa
Vladimir va Estragonning -
3:54 - 3:57"yarimdumaloq qattiq shlyapa kiyganiga"
-
3:57 - 4:00ishonchi komilligini aytgan xolos.
-
4:00 - 4:03Tanqidchilar fikri va
asabbuzar sujetga ko'ra, -
4:03 - 4:05obrazlar nutqi ko'pincha
bir nuqtada aylanaveradi. -
4:05 - 4:08Ular o'zaro tortishadi,
bir-birini masxaralaydi, -
4:08 - 4:11kalavaning uchini yo'qotib,
boshlagan gaplariga qaytadilar: -
4:11 - 4:14Vladimir: Barchasini boshidan
boshlashimiz kerak ko'rinadi. -
4:14 - 4:16Estragon: Qiyin bo'lmasa kerak.
-
4:16 - 4:19Vladimir: Nimadan boshlashni
bilmasang, qiyin. -
4:19 - 4:22Estragon: Istagan narsangdan
boshlashing mumkin. -
4:22 - 4:24Vladimir: Ha, ammo sen
qaror qilishing kerak. -
4:24 - 4:28Bekket sahnadagi dunyo
kundalik hayotimiz singari -
4:28 - 4:31hamisha ham ma'no kasb
etavermasligini eslatmoqchi bo'ladi. -
4:31 - 4:35U haqiqat va xayolotni ham,
tanish va notanishni ham -
4:35 - 4:37o'zida mujassam etishi mumkin.
-
4:37 - 4:41Mantiqiy bayon
mushohada uchun yoqimli bo'lsa-da, -
4:41 - 4:46yaxshi drama bizni o'ylashga…
va kutishga undaydi.
- Title:
- Nima uchun "Godoni kutish" ni o'qish kerak? - Iseult Gallaspi
- Speaker:
- Iseult Gallaspi
- Description:
-
To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-waiting-for-godot-iseult-gillespie
Estragon va Vladimir ismli ikki kishi qorong'ida daraxt ostida "Godo" ismli allakimni kutish uchun uchrashadilar. Shu tariqa zerikarli voqealar ketma-ketligi boshlanib, ikkisi Godo qachon keladi, nega uni kutyapmiz, aslida to'g'ri daraxt ostida kutyapmizmikin degan savollar atrofida bahslashadilar. Drama oddiy, ammo hayotiy dolzarb savolni o'rtaga tashlaydi: qahramonlar nima qilishlari kerak? Iseult Gallaspi tragikomediyani o'qishda bilishingiz kerak bo'lgan narsalar haqida so'zlaydi.
Iseult Gallaspi ma'ruzasi, rejissyor Tomas Pichardo-Espaillat. - Video Language:
- English
- Team:
closed TED
- Project:
- TED-Ed
- Duration:
- 05:03
![]() |
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? | |
![]() |
Arofat Akhundjanova edited Uzbek subtitles for Why should you read "Waiting for Godot"? |