< Return to Video

Nima uchun "Godoni kutish" ni o'qish kerak? - Iseult Gallaspi

  • 0:07 - 0:09
    Uvadasi chiqqan kiyimdagi
    Estragon ismli
  • 0:09 - 0:13
    odam g'ira-shirada daraxt yonida o'tirib,
    etiklarini yechishga urinardi.
  • 0:13 - 0:15
    Tez orada do'sti Vladimir uning
  • 0:15 - 0:17
    oldiga kelib, o'zi bilan o'zi
    ovora og'aynisiga
  • 0:17 - 0:21
    Godo ismli allakimni
    kutishlari kerakligini eslatadi.
  • 0:21 - 0:24
    Shundan so'ng zerikarli voqealar
    ketma-ketligi boshlanib, qahramonlar
  • 0:24 - 0:26
    Godo qachon keladi,
    nega uni kutyapmiz, aslida to'g'ri
  • 0:26 - 0:30
    daraxt ostida kutyapmizmikin
    degan savollar atrofida tortishadilar.
  • 0:30 - 0:33
    Zamonaviy dramaturgiya qiyofasini
    o'zgartirib yuborgan
  • 0:33 - 0:36
    asar hisoblanuvchi «Godoni kutish» syujeti
  • 0:36 - 0:38
    shundan boshlab tobora g'alati tus oladi.
  • 0:38 - 0:42
    1949-1955-yillar oralig'ida
    Samuel Bekket tomonidan yozilgan asar
  • 0:42 - 0:46
    oddiy, ammo hayotiy dolzarb savolni
    o'rtaga tashlaydi:
  • 0:46 - 0:50
    qahramonlar nima qilishlari kerak?
  • 0:50 - 0:53
    Estragon: Hech nima qilmay tura qolaylik.
    Shunisi xavfsizroq.
  • 0:53 - 0:57
    Vladimir: Kel, kutib turamiz.
    Ko'raylikchi, nima derkin.
  • 0:57 - 0:58
    Estragon: Kim?
  • 0:58 - 1:00
    Vladimir: Godo.
  • 1:00 - 1:02
    Estragon: Yaxshi fikr.
  • 1:02 - 1:04
    Bunday chunarsiz dialoglar
    va takroriy muhokamalar
  • 1:04 - 1:07
    Ikkinchi Jahon Urushidan keyin
    yuzaga kelgan
  • 1:07 - 1:10
    va tartibsizlik ichra
    hayotiy maslagini topishni
  • 1:10 - 1:12
    o'zining adabiy maqsadiga aylantirgan
  • 1:12 - 1:15
    absurd teatrining
    asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
  • 1:15 - 1:19
    Absurd teatri vakillari syujet, obrazlar
    va tilni bir-biridan ayiradilar,
  • 1:19 - 1:22
    bu bilan har birining
    alohida ma'nosini topmoqchi
  • 1:22 - 1:26
    va sahnada ulardagi bor noaniqlikni
    namoyish etmoqchi bo'ladilar.
  • 1:26 - 1:28
    Bu qayg'uli eshitilishi mumkin,
  • 1:28 - 1:31
    ammo absurd dramada
    chorasizlik kulgi ostiga olinadi.
  • 1:31 - 1:33
    Aynan mana shu janr Bekket "ikki aktdan
  • 1:33 - 1:35
    iborat tragikomediya" deb tasniflagan
  • 1:35 - 1:40
    «Godoni kutish» asarida o'z aksini topgan.
  • 1:40 - 1:42
    Fojia shundaki, qahramonlar
    ekzistensializmning
  • 1:42 - 1:45
    boshi berk ko'chasiga
    kirib qoladilar: ular yashashdan
  • 1:45 - 1:48
    maqsadni ko'rsatishi kerak
    bo'lgan noma'lum shaxsni behuda
  • 1:48 - 1:50
    kutadilar, ammo kutish jarayonining
  • 1:50 - 1:53
    o'zi ular hayotining yagona
    mohiyatiga aylanadi.
  • 1:53 - 1:55
    Xaloskorlarini uzoq kutar ekanlar,
    qahramonlar g'ussaga
  • 1:55 - 2:00
    beriladilar, diniy qo'rquvga tushadilar va
    o'z jonlariga qasd qilish haqida
  • 2:00 - 2:04
    o'ylaydilar. Shunga qaramay, drama
    o'ziga xos yumorga ega, obrazlarning
  • 2:04 - 2:07
    kulgili holati ularning nutqi
    va xatti-harakatlarida
  • 2:07 - 2:10
    aks etadi. Dialoglar antiqa
    so'z o'yinlari, qaytariqlar
  • 2:10 - 2:12
    va qochirimlarga to'la, harakatlanish
  • 2:12 - 2:15
    chog'ida esa ular masxarabozlik qiladi,
    qo'shiq aytib,
  • 2:15 - 2:17
    raqsga tushadi va
    hovliqib shlyapalarini almashadi.
  • 2:17 - 2:20
    Bunday vaziyatda tomoshabinlar kulishni
    ham, yig'lashni
  • 2:20 - 2:23
    ham bilmay qoladi.
    Bekket bu ikki hissiyot o'rtasida
  • 2:23 - 2:26
    biron bir farqni ko'rganmikin
    deb o'ylab qolasiz.
  • 2:26 - 2:28
    Bekket Dublinda tug'ilib o'sdi,
  • 2:28 - 2:31
    ingliz, fransuz va italyan
    tillarini o'rgandi. Parijga ko'chib
  • 2:31 - 2:34
    kelib, umrining katta qismini
    shu yerda o'tkazdi, o'zini
  • 2:34 - 2:36
    dramaturgiya, nazm
    va nasrga bag'ishladi.
  • 2:36 - 2:39
    Tilga bo'lgan kuchli muhabbatiga qaramay,
  • 2:39 - 2:43
    Bekket ijodiga tanaffus kiritib,
  • 2:43 - 2:47
    sukunatda vaqt o'tkazish uchun
    doim joy topa olgan.
  • 2:47 - 2:50
    Absurd teatri tufayli mashhur bo'lgan
  • 2:50 - 2:53
    notekis bayon qilish usuli
    hamda qora yumor
  • 2:53 - 2:56
    ijodidagi o'ziga xoslik hisoblanadi.
  • 2:56 - 2:59
    U, shuningdek,
    sirli shaxs obrazini yaratdi
  • 2:59 - 3:02
    va o'z asarlari ma'nosi haqidagi
    har qanday taxminlarga
  • 3:02 - 3:05
    munosabat bildirishdan bosh tortdi.
  • 3:05 - 3:06
    Bu esa tomoshabinlarni ko'proq
  • 3:06 - 3:09
    o'ylanishga undadi,
    yozuvchining xayoliy olami
  • 3:09 - 3:12
    va sirli personajlariga bo'lgan
    qiziqishlarini yanada oshirdi.
  • 3:12 - 3:15
    Hech qanday aniq ma'noning
    yo'qligi dramaning
  • 3:15 - 3:18
    cheksiz talqinlarini
    yaratishga imkon berdi.
  • 3:18 - 3:21
    Tanqidchilar asarni turlicha
    tahlil qilishdi,
  • 3:21 - 3:24
    natijada kosa ostidagi nimkosa
    nima ekani haqida
  • 3:24 - 3:28
    noaniqliklar va taxminlar paydo bo'ldi.
  • 3:28 - 3:31
    Uni Sovuq Urush, fashistlarga qarshi
    Fransiya qarshilik harakati
  • 3:31 - 3:33
    va Britaniya Irlandiyani mustamlakaga
    aylantirishi
  • 3:33 - 3:36
    masalalariga kinoya sifatida
    qabul qilishdi.
  • 3:36 - 3:38
    Ikki qahramonning o'zaro ta'siri ham
  • 3:38 - 3:40
    qizg'in bahslarga sabab bo'ldi.
  • 3:40 - 3:43
    Ularni oxir zamondan omon qolganlar,
    qariyotgan
  • 3:43 - 3:46
    sheriklar, ikki irodasiz do'stlar va hatto
  • 3:46 - 3:52
    Freyd aytgan psixikaning «Men» va «U»
    shakllari timsoli sifatida qabul qilishdi.
  • 3:52 - 3:54
    Bekketning o'zi esa
    Vladimir va Estragonning
  • 3:54 - 3:57
    "yarimdumaloq qattiq shlyapa kiyganiga"
  • 3:57 - 4:00
    ishonchi komilligini aytgan xolos.
  • 4:00 - 4:03
    Tanqidchilar fikri va
    asabbuzar sujetga ko'ra,
  • 4:03 - 4:05
    obrazlar nutqi ko'pincha
    bir nuqtada aylanaveradi.
  • 4:05 - 4:08
    Ular o'zaro tortishadi,
    bir-birini masxaralaydi,
  • 4:08 - 4:11
    kalavaning uchini yo'qotib,
    boshlagan gaplariga qaytadilar:
  • 4:11 - 4:14
    Vladimir: Barchasini boshidan
    boshlashimiz kerak ko'rinadi.
  • 4:14 - 4:16
    Estragon: Qiyin bo'lmasa kerak.
  • 4:16 - 4:19
    Vladimir: Nimadan boshlashni
    bilmasang, qiyin.
  • 4:19 - 4:22
    Estragon: Istagan narsangdan
    boshlashing mumkin.
  • 4:22 - 4:24
    Vladimir: Ha, ammo sen
    qaror qilishing kerak.
  • 4:24 - 4:28
    Bekket sahnadagi dunyo
    kundalik hayotimiz singari
  • 4:28 - 4:31
    hamisha ham ma'no kasb
    etavermasligini eslatmoqchi bo'ladi.
  • 4:31 - 4:35
    U haqiqat va xayolotni ham,
    tanish va notanishni ham
  • 4:35 - 4:37
    o'zida mujassam etishi mumkin.
  • 4:37 - 4:41
    Mantiqiy bayon
    mushohada uchun yoqimli bo'lsa-da,
  • 4:41 - 4:46
    yaxshi drama bizni o'ylashga…
    va kutishga undaydi.
Title:
Nima uchun "Godoni kutish" ni o'qish kerak? - Iseult Gallaspi
Speaker:
Iseult Gallaspi
Description:

To'liq darsni ko'rish: https://ed.ted.com/lessons/why-should-you-read-waiting-for-godot-iseult-gillespie
Estragon va Vladimir ismli ikki kishi qorong'ida daraxt ostida "Godo" ismli allakimni kutish uchun uchrashadilar. Shu tariqa zerikarli voqealar ketma-ketligi boshlanib, ikkisi Godo qachon keladi, nega uni kutyapmiz, aslida to'g'ri daraxt ostida kutyapmizmikin degan savollar atrofida bahslashadilar. Drama oddiy, ammo hayotiy dolzarb savolni o'rtaga tashlaydi: qahramonlar nima qilishlari kerak? Iseult Gallaspi tragikomediyani o'qishda bilishingiz kerak bo'lgan narsalar haqida so'zlaydi.
Iseult Gallaspi ma'ruzasi, rejissyor Tomas Pichardo-Espaillat.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TED-Ed
Duration:
05:03

Uzbek subtitles

Revisions